Tezkor asfaltlash

Oct 24, 2011 09:46

2012-yildan Rossiya bosh vaziriga aylanadigan Dmitriy Medvedev 2009-yilning avgust oyida Rossiyaning Kirov viloyatiga safar qilgan. Prezident korteji harakatiga halal bermasligi uchun, keyinchalik viloyati hokimi (gubernatori) Nikita Belix tan olib yozishicha, Rossiya Federatsiyasi Federal qo‘riqlash xizmati talabi bilan, temiryo‘l kesishmasi asfaltlab tashlangan. “Hozir u joylardan asfalt olib tashlangan”, deb yozgandi hokim o‘z blogida, 18-may kuni.

Aftidan, bunday amaliyot bizda ham qo‘llanilar ekan, shekilli.

Bu fotografiyalar 20-oktabr kuni Buyuk Turon ko‘chasida, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi binosi oldida olingan. Yo‘l xizmati vakillari yangi, ammo yaxshigina qotib ulgurgan qalin asfalt qatlami ostidan kanalizatsiya qopqog‘ini ochishmoqda.



Mana bunisi esa ochib bo‘lingan qopqoq - atrofi “yevroremont” ham qilib bo‘lingan.


news, toshkent

Previous post Next post
Up